Visit Us At The Trade Show.

Fruit Logistica 2023 tadbirida Syngentaga tashrif buyuring

Trade Show

Fruit Logisticada ishtirok etishni reja qilgan 80,000 dan ortiq insonlar safida bo’lsangiz, Syngenta Vegetable Seeds’larini tashrif ro’yxatingizning eng yuqori qatorida belgilab qo’ying. Ko’rgazmamiz Messe Berlin, 1.2 zal, C-50 rastasida joylashgan bo’lib, jozibador yangi navlar, innovatsiyalar va savollaringizga javob bera oladigan butun dunyodan kelgan mutaxassislarni o’z ichiga oladi.

 

Fruit Logistica

Har bir sabzavot urug’ining ortida tarix yotadi: yetishtiruvchilarga har mavsum sodir bo’ladigan tahdidlardan ustun kelishga ko’maklashuvchi qat’iyatlilik, innovatsiya va fidokorlik tarixi.  Syngenta, manfaatdor tomonlarning talablariga asoslangan sabzavot sanoatining kelajagi qanday ko’rinish kasb etishi lozimligini anglash maqsadida yetishtiruvchilar, qayta ishlovchilar, chakana savdogarlar va iste’molchilar bilan qo’lni qo’lga berib ishlayotganidan faxrlanadi.  Innovatsiyalar markazida bo’lmoqchi hamda bugun namoyish etiladigan mahsulotlardan qaysilari siz uchun ahamiyatli bo’lishi mumkinligini bilmoqchi bo’sangiz, Fruit Logisticada Syngenta bilan birga bo’ling.

Quyidagi muhim mavzularni ta’kidlab o’tayotganimizdan baxtiyormiz:

  • Tomato Visiondagi issiqxona robotlari – issiqxona texnologiyalari keng tarqalishda davom etmoqda va Syngentaning bosh tadqiqot issiqxonasi bo’lmish Tomato Visiondagi tadqiqotchilar robotlarni sinovdan o’tkazmoqdalar. Ular imkoniyatlar va muammolar bilan bir qatorda issiqxona robototexnikasi haqida nimalarni o’rganayotganliklarini birinchilardan bo’lib bilib oling.
  • Inqilobiy SolidRib va Krispice salat barglari – Syngenta yetishtiruvchilar, iste’molchilar va qiymat zanjiridagi hamkorlarimiz kutgan barqarorlik standartlarini saqlagan holda, hosil, kasallikka chidamlilik, iqlimga moslashuvchanlik hamda salat bargining turli mintaqalarda yetishtirilish qobiliyatini yaxshilash uchun rivojlantirish va tadqiq etishga sarmoya kiritishda davom etadi.

Ushbu muhim xususiyatlar va boshqa ko’plab narsalarni 8-10-fevral kunlari Berlinda o’zingiz uchun kashf eting! Fruit Logisticada bu yerda ro’yxatdan o’ting.