field

Biz haqimizda

Hech o’ylab ko’rganmisiz, urug’ ishlab chiqaruvchilar yetishtiruvchi va xaridorlar ehtiyojlarini qondirishda davom etish uchun dunyodagi o’zgarishlar bilan qay tarzda yonma-yon borishmoqda?

Biz siz har kuni duch keladigan atrof-muhit, resurslar va tartibga solish bilan bog’liq muammolarni hal qilishda sizga yordam beradigan urug’larni doimiy ravishda ishlab chiqmoqdamiz. Bu manfaatli innovatsiyalarni kashf etish diqqat markazimizda ekanligini bildiradi.

 

So’nggi texnologiyalarni innovatsion tadqiq etsih orqali biz quyidagi yangi urug’ navlarini muntazam yaratmoqdamiz:

our-story-inset-x2_3196

Innovatsiyalar orqali sof qadriyatlar yaratish

• Kasallikka chidamli • Kamroq ozuqa moddalari talab qiladigan • Yaroqlilik muddatini oshirib oziq-ovqat chiqindilarini kamaytiradigan • Meva shakli va o’lchamiga mos keluvchi • Atrof-muhit ta’siriga yaxshiroq moslashuvchi • Yig’imdan keyin ko’proq hosil beruvchi Iste’molchilarga kutganlarini taqdim etish muhim ekanligi tufayli, bizning urug’larimiz barqaror standartlarni saqlagan holda, ajoyib ta’m, maza, tuzilish va qulaylik namoyon etadi.

Syngenta sabzavot urug’larini tanlash uchun to’rt sabab

quality tomatos

1. Mos sifat, hamma vaqt

100 dan ortiq davlatda joylashgan sobitqadam va ixtisoslashgan urug’chilik jamoalarimiz yuqori hosil, samaradorlik va oliy navga ega mahsulot olishga o’zlarini bag’ishlaganlar. Qoplarga joylanishidan oldin urug’ sifatini tekshirishdan tortib, chidamli va ko’proq hosil beruvchi ekinlarni kashf etishga qaratilgan tirishqoq naslchilikka qadar, Syngentada malakali mutaxassislar, resurslar hamda dunyo bo’ylab faqatgina eng yaxshi mahsulot berishga qodir salohiyat mavjud.

Jumladan, urug’ sog’lig’ini tekshirish borasida orttirgan tajribamiz tufayli Syngenta urug’ sifati bo’yicha yetakchi hisoblanadi. Sabzavotlar uchun bakteriya, zamburug’ va viruslardan holi urug’larga talab hal qiluvchi ahamiyatga ega. Syngenta dunyo bo’ylab yetishtiruvchilarga yetkaziladigan har bir partiya urug’ni o’zining bir qancha eng zamonaviy majmualaridan istalgan birida sinovdan o’tkazadi. Enkxeyzen, Niderlandiya; Haydarobod, Hindiston; Aydaho, AQSh Syngentaning uchta eng yirik sabzavot urug’ini tekshiruvchi laboratoriyalari hisoblanadi. 

 

Bizning global ishtirokimiz, yetishtiruvchilar uchun mo’ljallangan innovatsiyalarimiz hamda qiymat zanjiri bo’ylab manfaatdor tomonlarning ustuvorliklari haqidagi bilimlarimiz mukammal yechimlarni ishlab chiqish va butun mavsum davomida qo’llab quvvatlash imkonini beradi.

 

plant

2. Innovatsiyalardagi sof qadriyatlar

O’zgaruvchan dunyomizni oziqlantirish dadil yechimlarni talab qiladi, zotan aynan shuning uchun genomlarni tahrirlash, o’simlik naslchiligi, fenomenologiya va qaror qabul qilish ilmi kabi yangicha yondashuvlar sizni qay tarzda mahsuldor, daromadli va barqarorroq qilishini o’rgangan holda biz innovatsion markazga aylandik.

Ilmiy-tadqiqot ishlariga biz har yili 150 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritamiz va 200 dan ortiq ilmiy-tadqiqot markazlarida, 22 ta ixtisoslashtirilgan naslchilik markazlarida hamda 50 dan ortiq global sinov markazlarida faoliyat olib borayotgan minglab olimlarimiz mavjud

Bizning har bir mintaqada mavjudligimiz mahsulotlarni sinovdan o’tkazish va urug’ navlarimizni ular yetishtiriladigan muhitga moslashtirish imkonini beradi, shu tarzda biz sizning ehtiyojlaringizni qondira olishimizga ishonch hosil qila olamiz.

 

Yaqinda Syngenta “Fruit Logistica 2022” da o’zining inqilobiy “iStem” gulkarami uchun bronza innovatsiya mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu innovatsion nav boshidan oxirigacha, hatto barglari ham iste’molga yaroqlidir! Bu orqali yetishtiruvchilar boshqalardan ajralib turuvchi mahsulot yetishtirishlari mumkin; iste’molchilar yanada barqaror va mazaliroq oziq-ovqat tizimini qo’llab-quvvatlamoqdalar hamda restoranlar ham mijozlarga taklif etishga noyob yangi tanlovga ega bo’lmoqdalar.

 

Biz har yili tijorat oldi bosqichimizda 750 ga yaqin navni baholab chiqamiz. Bizning rivojlanib borishga bo’lgan sadoqatimiz savdoda yetakchi bo’lgan navlarga tezda yangi xususiyatlarni kiritish uchun qulay sharoitda ekanligimizni anglatadi.

 

grower

3. Yetishtiruvchilar hammasining markazida

Biz qishloq xo’jaligining kelajagi faqat ekin dalasi yoki tadqiqot markazidangina iborat bo’lib qolmasligiga ishonamiz. Ta’minot zanjiri duch kelayotgan muammolarni hal etishda ikkala muhit ham birgalikda uzluksiz ishlashi lozim.

Yetishtiruvchilarga nima kerakligidan xabardorligimiz naslchilik dasturlarimizga investitsiya kiritishda davom etishimiz uchun bir sababdir. Hasharotlar, kasallik va boshqa zararkunandalar muammo tug’dirishda davom etar ekan, yetishtiruvchilarga imkon qadar eng yaxshi sabzavotlarni yetishtirishda ko’maklashishni xohlaymiz.

Mana nima uchun, masalan, ismaloq genetikasiga mavsum davomida kasalliklarning oldini oluvchi qarshi davo choralarini kamaytirib, ko’proq chidamlilik xususiyatini kiritmoqdamiz. Yaqinda naslchilar ismaloqning yuqori hosildorlik salohiyatini saqlab qolish uchun Peronosporali Stemphyliumga chidamli yangi navlarni yaratishdi. Chidamlilikka doir tadqiqotlar nafaqat ismaloqda, balki yetishtiruvchilarning bardoshli sabzavotlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida boshqa ekinlarda ham olib borilmoqda.

Yetishtiruvchilar mahsulotni rivojlantirish jarayonimizning bir qismigina emas, balki uning markazi hisoblanadilar.

parent and child

4. Hayotiy farqni yaratish

Siz kabi yetishtiruvchilar bilan hamkorlikda dunyoni yanada barqarorlashtirish uchun sabzavotlarni dunyo bo’ylab o’stirish, qayta ishlash, yuklash, sotish va iste’mol qilish usullarini o’zgartirish ustida ish olib bormoqdamiz. Buni bizning boshqa standart navlarga nisbatan suvsizlikka chidamliroq bo’lgan “New Champion Cabbage” tarmog’imiz misolida ko’rish mumkin. Bu sug’orishga bo’lgan talabni kamaytiradi va suvni tejaydi. Bundan tashqari, bizning bodringlarimiz plastik qadoqlarsiz ham ajoyib holatda saqlanishga moslab yaratilgan.