Bekobodda Syngenta Vegetable Seeds dala kuni: karam ekinlarini seleksiyasida yangi istiqbollar
Bekobod tumani Mallaboy MFY hududida joylashgan A.Jo’rayev dalasida Syngenta Vegetable Seeds kompaniyasi mutaxasislari ishtirokida 15 oktabr kuni karamdoshlar oilasiga mansub bo’lgan ekinlarni yetishtirish texnologilari to’g’risida « Dala kuni» o'tkazildi. Tadbirda 100 dan ortiq soha mutahasislari yigildi va ular o’z aro sohadagi yangiliklar bilan bo’lishdilar va dalada namoyish etilayotgan yangiliklar to’g’risida o’z fikr mulohazalarini bildirish oqrali ushbu qilingan tajribani o’z dalalarida qo’lashga tayyor ekanliklarini aytib o’tishdi.
Tadbir davomida, ishtirokchilarga oq boshli karam, gulkaram, xitoy karami, brokkoli va aysberg salati kabi, turli xil karam navlari taqdim etildi. Mahalliy yetishtirish sharoitlariga moslashtirilgan va yaxshilangan xususiyatlarga ega bo'lgan yangi duragaylar alohida qiziqish uyg'otdi. Dala kuni dasturi nafaqat seleksiya yutuqlarini namoyish etish, balki zamonaviy agrotexnologiyalar bo'yicha ekspert maslahatlarini ham o'z ichiga oldi. Ishtirokchilar hamkasblari bilan tajriba almashishdi va kompaniya mutaxassislaridan qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
Tadbirning muhim jihati «Syngenta Vegetable Seeds» hamkorlarining o'z stendlarini taqdim etgan holda, ishtirok etishi bo'ldi. Agrotexnologiyalar bo'yicha taqdimotlar seriyasi ishtirokchilarning kasbiy bilimlarini yanada boyitdi. Biz «Dala kunimizda» shuncha soha mutaxassislarini to'play olganimizdan juda xursandmiz. Ayniqsa, tajribali fermerlar va innovatsiyalarga qiziqish bildirgan yosh mutaxassislarni ko'rish juda quvonarli", - deb ta'kidladi «Syngenta Vegetable Seeds» kompaniyasining sabzavot ekinlari yo‘nalishi bo‘yicha Vakolatxona rahbari. Tadbir muhiti nafaqat kasbiy tajriba almashinuviga, balki ishtirokchilar o'rtasidagi hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ham yordam berdi. Jonli munozaralar, amaliy namoyishlar va norasmiy muloqotlar yangi biznes aloqalari va hamkorlik imkoniyatlarini rivojlantirish uchun platforma yaratdi.
«Syngenta Vegetable Seeds» kompaniyasi tadbirning muvaffaqiyatli o'tkazilishiga o'z hissasini qo'shgan barcha hamkorlar va ishtirokchilarga alohida minnatdorchilik bildiradi. Ularning faol ishtiroki va qiziqishi bunday uchrashuvlarning soha rivojlanishi uchun muhimligini tasdiqlaydi. "Bunday tadbirlar yaxshi an'anaga aylanib, muntazam o'tkazilib turilishiga va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sektorini rivojlantirishga yordam berishiga umid qilamiz. Kelajakda bunday uchrashuvlar formatini kengaytirib, dasturga yanada ko'proq amaliy namoyishlar va innovatsion yechimlarni kiritishni rejalashtirmoqdamiz", - deb ta'kidladi kompaniya vakili. Bunday tadbirlarning o'tkazilishi nafaqat O'zbekiston qishloq xo'jaligi sektorining rivojlanishiga yordam beradi, balki innovatsion yechimlarni joriy etish va mintaqada sabzavotchilik samaradorligini oshirish uchun mustahkam asos yaratadi. Bekoboddagi Dala kuni fan, biznes va qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilarining muvaffaqiyatli hamkorligi yorqin namunasi bo'lib, sohani rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi.
Biz «Syngenta Vegetable Seeds» kompaniyasi,- barcha ishtirokchilarga bildirgan qiziqishlari va tadbirda faol ishtirok etganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda olingan bilimlar va o'rnatilgan aloqalar, barcha ishtirokchilarga amaliy foyda keltirishiga va mintaqada sabzavotchilik rivojiga sezilarli hissa qo'shislariga ishonamiz.